«Parij-2024»ning ilk kunida 14 ta davlat medalli bo‘ldi

«Parij-2024»ning ilk kunida 14 ta davlat medalli bo‘ldi

Millionlab sport muxlislari yillar davomida orziqib kutgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari katta hayajon bilan boshlandi.

Uning ilk kunida o‘tkazilgan shiddatli bellashuvlari kimlargadir katta quvonch zavqini tortiq etgan bo‘lsa, yana kimlarningdir qalbiga bir umrlik armon hissini jo qilgani ham bor gap.

Tarixga aylangan 27 iyul kuni Olimpiya o‘yinlarining dastlabki medallari o‘z egalarini topdi. Kun davomida 24 ta sport turida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Shundan 8 ta sport turi bo‘yicha yozgi Olimpiya o‘yinlarining 14 ta medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshirildi.

Aynan shu kuni «Parij-2024»ning birinchi oltin medali 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish bo‘yicha aralash jamoaviy bahsda xitoylik Sheng Lixao va Xuang Yutingga nasib qildi.

Ular musobaqa finalida Janubiy Koreya vakillarini 16:12 hisobida mag‘lub etib, Olimpiya o‘yinlari oltin medallariga ega chiqdi.

Kun davomidagi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, Avstraliya terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan davlatlar orasida yetakchiga aylanib oldi. Xitoy terma jamoasi a’zolari 2 ta oltin medal bilan keyingi pog‘onani band etgan. Jamoaviy natijalar bo‘yicha 1 tadan oltin medalli bo‘lgan Belgiya, Avstraliya, Qozog‘iston, Yaponiya va Germaniya terma jamoalari keyingi pog‘onalarni band etishga muvaffaq bo‘ldi.

«Parij-2024»ning ilk kunida 14 ta davlat medalli bo‘ldi

Umumiy ko‘rsatkichlar borasida aytadigan bo‘lsak, 200 dan oshiq milliy terma jamoalar orasida 14 ta mamlakat u yoki bu darajadagi sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 190 ga yaqin davlat olimpiyachilari hali biron bir yutuqqa sazovor bo‘la olganicha yo‘q.

Bugun, 28 iyul kuni yozgi Olimpiya o‘yinlarining medallari uchun kurashlar o‘tkaziladigan ikkinchi kunda 25 ta sport turlaridagi musobaqalar davom etsa, shundan 8 tasida «Parij-2024»ning g‘olib va sovrindorlari aniqlanadi.

«Parij-2024»ning ilk kunida 14 ta davlat medalli bo‘ldi

O‘tkazilishi kutilayotgan sport turlari mundarijasiga e’tibor qaratilsa, o‘zbekistonlik olimpiyachilar dzyudo, akademik eshkak eshish, boks musobaqalarida o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

«Parij-2024»ning ilk kunida 14 ta davlat medalli bo‘ldi

Dzyudo bahslarida mahoratli sportchimiz Diyora Keldiyorova va Sardor Nurullayev medallar uchun Parij tatamisiga chiqsa, akademik eshkak eshishda Shahzod Nurmatov/Sobir Safaraliyev juftligi Olimpiya o‘yinlarining saralash musobaqalarida ishtirokini boshlaydi. Shuningdek, boks bo‘yicha harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi Lazizbek Mullajonov Italiya sharafini himoya qilayotgan Aziz Muhiddinga qarshi ringga ko‘tariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!