Ota qizini majburan erga berishga haqlimi?

A A A
Ota qizini majburan erga berishga haqlimi?

Sovchilik ishlari, yuqorida zikr qilinganidek, doimo yengil ko‘chavermaydi. Ba’zi holatlarda bir oilaning o‘zining ichida ham fikr va rag‘batlar to‘qnashib qolishi ro‘y beradi. Gohida ota-onaga yoqqan kelin kuyov bo‘lmish farzandga yoqmay qolishi yoki aksincha bo‘lishi ham mumkin. Bugungi kunimiz voqe’ligida bu muammoni tez-tez uchratib turibmiz.

O‘zimizga internet tarmog‘i orqali kelgan savollardan birini e’tiboringizga havola qilishga ijozat bergaysiz: Bir kishi qizini do‘stining o‘g‘liga berishni ahd qilgan. Qiz mo‘mina bo‘lib, bir solih yigit bilan turmush qurmoqchi ekan. Ota qizning ko‘ngliga qaramay: Do‘stimning o‘g‘liga tegmasang, seni oq qilaman , dedi. Shunday vaqtda otaga quloq solishi kerakmi? Otaning oq qilishi to‘g‘rimi yoki noto‘g‘rimi?

Bunga o‘xshash savol va hodisalar oz emas.

Boshqa muammolar qatori, bu muammoni ham dinimiz ta’limotlari asosida hal qilishimiz kerak bo‘ladi. Buning uchun esa, dinimizning bu boradagi ta’limotlarini qunt bilan o‘rganishimiz va ularga ixlos bilan amal qilishimiz lozim bo‘ladi.

عَنْ خَنْسَاءَ بِنْتِ خِدَامٍ الْأَنْصَارِيَّةِ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ أَبَاهَا زَوَّجَهَا وَهِيَ ثَيِّبٌ فَكَرِهَتْ ذَلِكَ، فَأَتَتْ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَرَدَّ نِكَاحَهُ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ.

Xonsa bintu Xidom al-Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Otasi u kishini so‘ramay, juvon holida erga berdi. Bu unga yoqmay, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Bas, u zot uning nikohini bekor qildilar .

Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilganlar.

Demak, juvon ayolni o‘zidan so‘ramay yoki majbur qilib birovning nikohiga berib bo‘lmaydi. Islom dini bunday vaqtda o‘sha ayolga qoziga arz qilish huquqini beradi. Arz qilingan chog‘ida esa, qozi unday nikohni buzish haqida hukm chiqaradi. Izn so‘ramay nikohlangan chog‘da ish ayolning roziligiga bog‘liq bo‘lib qoladi. U: Roziman , desa, nikoh nikoh bo‘ladi, bo‘lmasa, buziladi.

وَجَاءَتْ جَارِيَةٌ بِكْرٌ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، فَذَكَرَتْ أَنَّ أَبَاهَا زَوَّجَهَا وَهِيَ كَارِهَةٌ فَخَيَّرَهَا النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ.

Bir bokira qiz Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, otasi uni yoqtirmasa ham erga berganini zikr qildi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam ixtiyorni uning o‘ziga berdilar .

Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar.

Bunday holatda o‘sha qiz nikohda qolishni iroda qilsa, nikoh aqdi kuchga kiradi, bo‘lmasa, yo‘q.

Bu ish Islomda ayol-qizlarning erki, haq-huquqlari qanchalik rioya qilinishini ko‘rsatadi. Zotan, shu hukmdan boshqasi to‘g‘ri ham emas. Chunki nikoh umr savdosi, ko‘ngil masalasi. Ko‘ngliga yoqmagan odam bilan bir yostiqqa bosh qo‘yib, umr bo‘yi yashash oson bo‘libdimi? Odatda, erkaklar avval o‘zlari rozi, talabgor bo‘lib sovchi qo‘yganlari uchun ularning roziligi haqida rivoyatlar kelmagan. Rozilik haqida, asosan, ayol-qizlar haqidagi rivoyatlar kelgan. Bu hayot taqozosidir.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: أَنَّ فَتَاةً دَخَلَتْ عَلَيْهَا فَقَالَتْ إِنَّ أَبِي زَوَّجَنِي ابْنَ أَخِيهِ لِيَرْفَعَ بِي خَسِيسَتَهُ وَأَنَا كَارِهَةٌ، قَالَتِ اجْلِسِي حَتَّى يَأْتِيَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم، فَجَاءَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَتْهُ، فَأَرْسَلَ إِلَى أَبِيهَا فَدَعَاهُ فَجَعَلَ الْأَمْرَ إِلَيْهَا، فَقَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ قَدْ أَجَزْتُ مَا صَنَعَ أَبِي وَلَكِنْ أَرَدْتُ أَنْ أُعْلِمَ النِّسَاءَ أَنَّ لَيْسَ لِلْآبَاءِ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ. رَوَاهُ النَّسَائِيُّ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Bir qiz u kishining oldiga kelib:

Otam meni o‘z ukasining o‘g‘liga turmushga berdi. Bu bilan pastligini ko‘tarmoqchi. Men buni xush ko‘rmayman , dedi.

U kishi: To Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelgunlaricha o‘tirib tur , dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelganlaridan keyin xabar berdilar. U zot uning otasiga odam yuborib, chaqirtirib keldilar. So‘ngra ixtiyorni qizga berdilar. Shunda u:

Yo Rasululloh, otam qilgan narsani joiz qildim. Lekin ayollarga bu ishda otalarga hech narsa yo‘qligini bildirib qo‘yishni iroda qilgan edim , dedi .

Nasaiy rivoyat qilgan.

Demak, o‘zlariga turmush o‘rtog‘i tanlashda qizlarimizning haqlari bor ekan. Ularning roziligini so‘rashda esa ishboshilar qizning otasi, aka-ukasi yoki amaki-tog‘asi bo‘ladimi, kim bo‘lsa ham, albatta, majbur qilmasdan, nihoyatda odob-axloq bilan muomala qilishlari kerak bo‘ladi. Bu ish hadisda kelgan narsa bo‘lib, shariatimizning qonunidir! Bizda esa, afsuski, shariatning hukmi bir chetda qolib, odamlar o‘zicha chiqarib olgan urf-odatlar, bid’at-xurofotlar hukm suradigan bo‘lib qolgan.

Bu borada barcha ota-onalar va ishboshilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o‘rnak olishlari zarur. Keling, buning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z qizlariga bu borada qanday muomala qilganlarini o‘rganaylik.

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا أَرَادَ أَنْ يُزَوِّجَ شَيْئًا مِنْ بَنَاتِهِ جَلَسَ إِلَى خِدْرِهَا، فَقَالَ: إِنَّ فُلَانًا يَذْكُرُ فُلَانَةً، يُسَمِّيهَا وَيُسَمِّي الرَّجُلَ الَّذِي ذَكَرَهَا فَإِنْ هِيَ سَكَتَتْ زَوَّجَهَا، وَإِنْ هِيَ كَرِهَتْ نَقَرَتِ السِّتْرَ، فَإِذَا نَقَرَتْهُ لَمْ يُزَوِّجْهَا. رَوَاهُ أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon qizlaridan birortasini uzatmoqi bo‘lsalar, uning pardasi oldiga o‘tirib, Falonchi Falonani zikr qilmoqda , deb, uning ham, uni zikr qilgan erkakning ham ismini aytar edilar. Agar u sukut saqlasa, nikohlar edilar. Agar u qiz yoqtirmasa, pardani chertar edi. Qachon qiz pardani chertsa, uni nikohlamas edilar .

Ahmad rivoyat qilgan.

Olamlarning sarvari, Robbul olamiynning Rasuli bo‘lgan zotning o‘z qizlari bilan nikoh, oila qurish borasida qilgan muomalalariga nazar soling. Qanday yuksak odob! Qanday oliy madaniyat! Qizlarning odobini, axloqini ko‘ring!

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، عِنْدَنَا يَتِيمَةٌ قَدْ خَطَبَهَا رَجُلَانِ مُوسِرٌ وَمُعْسِرٌ، هِيَ تَهْوَى الْمُعْسِرَ وَنَحْنُ نَهْوَى الْمُوسِرَ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: لَمْ يُرَ لِلْمُتَحَابِّينَ مِثْلُ النِّكَاحِ. رَوَاهُ ابْنُ مَاجَهْ.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib:

Yo Rasululloh! Bizning bir yetim qizimizga ikki kishi bir boy va bir kambag‘al sovchilik qildi. U kambag‘alni istayapti, biz boyni istayapmiz , dedi.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

Sevishganlar uchun nikohga o‘xshagani ko‘rilmagan , dedilar .

Ibn Moja rivoyat qilgan.

Bu hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yetim qizning ko‘ngliga qanchalik e’tibor berganlariga qarang! Kim bo‘lishidan qat’i nazar, insonning ko‘ngli bor. Uning rioyasini qilish kerak.

Ammo, ushbu o‘ta muhim masalaning ikkinchi tarafi ham bor. Bunda bolalarning ota-onalariga qarshi chiqishlari noqulay holatga sabab bo‘ladi.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.