Ostona aeroportiga qo‘ngan samolyotda yong‘in chiqdi

Ostona aeroportiga qo‘ngan samolyotda yong‘in chiqdi

«Eyr Astana» aviakompaniyasining Atiraudan Ostonaga parvozni amalga oshirgan Airbus A320 samolyoti aeroportga qo‘nganidan so‘ng dvigatelida yong‘in chiqdi. Ushbu hodisa tasvirlangan lavha Qozog‘iston fuqaro aviasiyasi qo‘mitasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, laynerning chap dvigatelida yengil yong‘in kelib chiqqan va aeroport yong‘in xavfsizligi xizmati uni o‘chirgan.

Xabar qilinishicha, hodisa yuz bergan paytda samolyotda 91 yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

«Aviakompaniya injenerlik xizmati dvigateldagi nuqsonni aniqlamoqda, shundan so‘ng surishtiruv olib boriladi», — deb ma’lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Manba: kun. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!