Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Olmaotada o‘zbekistonliklar “ishlayotgan” fohishaxona aniqlandi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari ishlab kelayotgan fohishaxonani aniqlashdi. Bu haqda Olmaota shahar polisiya departamenti xabar qilmoqda, deydi "sputniknews-uz.com".

Idora xabariga ko‘ra, fohishaxona Olmaotaning Alatau tumanida ko‘zdan nariroq joyda joylashgan mehmonxonada aniqlangan.

“Kechqurun soat 11lar atrofida “ish joyida” 19 nafar yengiltak qiz bo‘lgan, ulardan ikkitasi O‘zbekiston, yana ikkitasi esa Qirg‘iziston fuqarolaridir”, - deyiladi qozoq polisiyasi xabarida.

Fohishaxonaga mehmonxonaning boshqaruvchisi bo‘lgan 47 yoshli ayol egalik qilgan. Ayol qo‘lga olingan va unga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 301-moddasi 1-qismi bilan (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!