Olmaotada koronavirus tufayli niqob rejimi qaytarildi

Olmaotada koronavirus tufayli niqob rejimi qaytarildi

Olmaotada COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘payishi munosabati bilan niqob rejimi qaytariladi, deyiladi shahar davlat sanitariya shifokori qarorida.

U gavjum yopiq joylarda (savdo markazlari, savdo uylari, yopiq bozorlar, banklar, kinoteatrlar, teatrlar, sirklar, konsert zallari, avtovokzallar, sport tadbirlari, konferensiyalar), jamoat transportida, xalqaro yo‘lovchi tashish vaqtida niqob taqishni tavsiya qiladi. Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar va ovqatlanish vaqtlari uchun istisno qilinadi.

Tashkilotlarga emlashga qarshi ko‘rsatmalari bo‘lgan va homilador ayollar, shuningdek, kasallar bilan aloqada bo‘lgan xodimlarni masofadan turib ishlash tavsiya qilindi.

4 iyul kuni shahar koronavirus infeksiyasi tarqalishi bo‘yicha “sariq” hududga ko‘chirildi. O‘tgan sutka davomida Qozog‘istonda 159 ta koronavirus infeksiyasi, jumladan, Olmaotada 88 ta holat aniqlangan. Shahar aholisi 2 million kishini tashkil qiladi.

Qozog‘istonda niqob taqish rejimi 2022 yilning mart oyida bekor qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!