Olimlar o‘lgan cho‘chqalarning miyasini jonlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Odamlarda umid paydo bo‘ldi

Olimlar o‘lgan cho‘chqalarning miyasini jonlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Odamlarda umid paydo bo‘ldi

Olimlar o‘lganiga 4 soat bo‘lgan cho‘chqalarning miyasida modda almashinuvi va ayrim qismlarini qayta faollashtira olgan. Ular miyani to‘liq jonlantira olmagan bo‘lsa ham, shuning o‘zi katta yutuq ekanini aytishmoqda. Miya hujayralari o‘lishini to‘xtatish, ular o‘rtasidagi to‘xtab qolgan signallarni tiklash mumkinligini ko‘rsatayotgan bu tadqiqot insult kabi sabablar deb odam miyasidagi o‘lgan yoki zararlangan hujayralarni qayta tiklashga umid bermoqda. Bu haqda minbar.uz xabar berdi.

Cho‘chqa miyasi ustidagi tadqiqotlardan odamlarga nima naf: cho‘chqa miyasining morfologik xususiyatlari insonnikiga o‘xshab ketadi xiyla kattaroq, tug‘ilgandayoq kortikal neyronlari rivojlangan bo‘ladi.

Miya hujayralarining zararlanishi oqibatida odamlar bir umrga nogiron bo‘lib qolishi, aqliy salohiyati zaiflashishi mumkin.

Tadqiqotchilar insult yoki boshqa bir kasallik sababli odam miyasidagi o‘lgan yoki zararlangan hujayralarni qayta tiklashga umid qilishmoqa. Nature jurnalida e’lon qilingan tadqiqot hisobotida ko‘rsatilgan usul bunga imkon berishi mumkin.

Ushbu tadqiqot xulosasi Alsgeymer kabi kasalliklarni o‘rganayotgan olimlar uchun qo‘l kelishi mumkin.

Tadqiqot qanday o‘tkazilgan: Yel universitetida tadqiqotchilar cho‘chqa miyalarini maxsus yasalgan qurilmaga ulashgan. Tarkibida kislorod va miya hujayralari o‘lishini sekinlatuvchi moddalar bo‘lgan sintetik qon qurilma orqali miyaga yuborilgan. Miya olti soat davomida sintetik qon bilan ta’minlab turilgan.

Ushbu jarayonda miya hujayralarining o‘lishi kamaygan, qon tomirlari va miyaning ba’zi qismlari faoliyati tiklangan. Tadqiqotchilar miya hujayralari o‘rtasidagi aloqa bog‘lamlari sinaplarning ishlayotganini qayd etishgan. Bu miyalar tirik miya iste’mol qiladigan miqdordagi kislorodni qabul qilgan. Bularning hammasi miyalar cho‘chqalar tanasidan ajratilgandan 10 soat o‘tib kuzatilgan.

Ammo bu holat miya to‘liq tirilganini anglatmaydi. Butun miya bo‘ylab elektrik aktivlik qayd etilmagan.

Kislorod bo‘lmaganda miyaning tezda o‘lishi va qayta tiklanmasligi haqidagi tushunchani ushbu tadqiqot savol ostiga oladi.

Miyada hujayralarning o‘lishi kutganimizdan uzoqroq davom etadi. Biz hujayraning o‘lish jarayoni bosqichma-bosqich, sekin kechishini ko‘rsatib berdik. Ayrim jarayonlarni sekinlatish, to‘xtatish, hatto qaytarish mumkin , deydi Yel universitetidan neyrolog professor Nedan Sestan.

Shunga qaramay, inson miyasidagi o‘lgan, zararlangan hujayralarni to‘liq tiklash mumkinmi, yo‘qmi, bu haqda ishonch bilan gapirishga hali erta.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!