So‘ngi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta’minlash hamda sudyalar hamjamiyati rolini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi
PF – 6034 sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra,
yil 1 yanvardan e’tiboran:
uch yo‘nalishdagi sudlar negizida yagona sud tashkil etilib, sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat sudining har bir hay’atida alohida fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha hay’atlar tashkil etilmoqda. Bu bilan sudlarning tarqoq bo‘lganligi sababli kelib chiqayotgan fuqarolar va tadbirkorlarning sarson bo‘lishini oldi olinadi.
tuman (shahar) ma’muriy sudlari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo ma’muriy sudlar tashkil etilib, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkazilmoqda. Chunki, ommaviy-huquqiy nizolarni ko‘rishga ixtisoslashgan ma’muriy sudlarga o‘z tabiatiga ko‘ra jinoyat ishlariga o‘xshagan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rish yuklatilgan, biroq, ma’muriy sudlar faoliyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan mahalliy hokimliklarning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, ularning noqonuniy qarorlarini bekor qilish orqali fuqaro va tadbirkorlarning huquqlarini o‘z vaqtida hamda samarali tiklashga qaratilgan.
Sud tizimiga 2021 yil 1 yanvardan boshlab ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali “bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy etilmoqda. Bunda sud qarorlarining sifatini oshirish va barqarorligini ta’minlash, sudda har bir ish bo‘yicha yakuniy to‘xtamga kelish hamda fuqarolar va tadbirkorlarning sarson bo‘lishining oldini olish nazarda tutilmoqda.
Oliy sud tuzilmasida yirik investorlar ishtirokidagi investisiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha alohida sudlov tarkibi tuziladi. Sababi mamlakat iqtisodiyotida investisiyalarning o‘rni muhim ahamiyatga egaligi hamda kirib kelayotgan investisiya hajmining oshayotganligi investorlarning huquqlarini sud himoyasining samarali tizimi yaratilishini taqozo etmoqda.
Mazkur Farmon bilan sudyalarning maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish; sudyalar va sud xodimlarining moddiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish choralari, sudlarning faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni yanada kengaytirish hamda
2021-2025 yillarda sudlarning binolari va xonalarini qurish hamda rekonstruksiya qilish yuzasidan ham chora-tadbirlar belgilangan.
D.Xonbo‘tayeva,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Zarafshon shahar sudining raisi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.