Nyu-Yorkda antiqa taymer paydo bo‘ldi. U insoniyatga 7 yilu 102 kun vaqt berdi

Nyu-Yorkda antiqa taymer paydo bo‘ldi. U insoniyatga 7 yilu 102 kun vaqt berdi

Nyu-Yorkda ekologik apokalipsisga qadar kunlarni sanaydigan taymer paydo bo‘ldi. Qiziqarli raqamli installyasiya Manxettendagi Yunion-skverda o‘rnatilgan.

“Soatlar sayyorada uglevodorod zaxiralari tugaguniga qadar teskari hisobni olib boradi”, – deyiladi xabarda.

“Iqlimiy soatlar” mualliflari rassomlar – Gan Golan va Endryu Boydligi aytilmoqda.

Shunisi e’tiborga molikki, installyasiyaning ochilish vaqtida soatlar insoniyatga 7 yilu 102 kun vaqt bergan.

Loyiha izohlarida yozilishicha, agar sanoat o‘zining uglevodorodlarga munosabatini o‘zgartirmasa, ko‘rsatilgan vaqtga kelib sayyorada tuzatib bo‘lmas o‘zgarishlar ro‘y beradi va buning oqibatida tabiiy ofatlar va iqtisodiy katastrofalar yuz berishi mumkin.

Soat millarida umidbaxsh ma’lumotlar ham aks etgan – bu qayta tiklanuvchi manbalardan olinadigan jahon energiyasi foizidir.

Hozirda bu ko‘rsatkich 27,7 foizdan ortiqni tashkil qilmoqda. Iqlimiy apokalipsisning oldini olish uchun bu raqamni yuzgacha yetkazmoq joiz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!