Nursulton Nazarboyev o‘z lavozimini Toqayevga topshirishga qaror qilgan

Nursulton Nazarboyev o‘z lavozimini Toqayevga topshirishga qaror qilgan

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning o‘zi Xavfsizlik kengashi raisi lavozimini prezident Qosim-Jomart Toqayevga topshirishga qaror qildi. Bu haqda Elboshi matbuot kotibi Aydos Ukibay ma’lum qildi.

“Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda birinchi prezident haqidagi ko‘plab yolg‘on mish-mishlar va provokasion yozuvlar tarqalmoqda. Hozirgi sharoitda biz bunday faoliyatni siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish va davlatning konstitusiyaviy asoslarini buzishga urinish sifatida baholaymiz.

Yuqorida aytganimdek, Elboshi shu kunlarda Nur-Sultonda bo‘lib, davlat rahbarini [Qosim-Jomart Toqayev – Qozog‘iston prezidenti] qo‘llab-quvvatladi. Biroq, vaziyat juda og‘ir edi va shuning uchun Elboshining o‘zi Xavfsizlik Kengashi raisi lavozimini prezidentga topshirishga qaror qildi, chunki u tartibsizliklar va terror mamlakat rahbariyatidan tezkor, qat’iy va murosasiz javob berishni talab qilishini yaxshi bilardi.

Elboshi va davlat rahbari hamisha «barrikadalarning bir tomonida» bo‘lib, o‘z xalqi, mamlakati va millat kelajagini himoya qilib kelgan. Va barchamiz uchun og‘ir kunlarda ular yana bir bor yaxlit davlat hokimiyatini namoyish etdilar”, deb xabar beradi «Xabar 24» telekanali Elboshi matbuot kotibiga asoslanib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!