Nurotada qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari keskin oshgan!

Nurotada qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari keskin oshgan!

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan barcha sohalar kabi, sud-huquq sohasida ham izchillik bilan islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo‘nalishida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy qonunchilikni, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, keyingi yillarda sud sohasida qabul qilinayotgan qarorlar tom ma’noda sudning chinakam mustaqil bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

Xususan, Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 iyul kuni qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6034-sonli Farmon  va 2020 yil 10 avgustda qabul qilingan “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6041-sonli Farmonlari sudning chinakam mustaqilligiga va fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yo‘li bilan himoya qilishga qaratilgan katta qadam bo‘ldi.

2020 yil 18 avgust kuni Nurota tuman Xalq deputatlari kengashining 6-sessiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudi tomonidan 2020 yil birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyat yuzasidan axborot eshitildi.

Axborotda joriy davrda tuman sudi tomonidan ko‘rib tamomlangan jinoyat ishlari, tuman miqyosida mahallalar kesimida oshgan jinoyat turlari, jinoyatlarning sodir bo‘lish sabablari, jinoyat sodir bo‘lishiga shart-sharoitlar, oqibatlari, ularning oldini olish choralari eshitildi.

Jinoyat sodir etilishiga – ishsizlik, oson yo‘l bilan boylik orttirish, jinoyat uchun javobgarlikni lozim darajada his etmaslik kabi omillar sabab bo‘lgan.

Axborotda jinoyatlarning oldini olishda Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirayotgan izchil islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida barcha idoralar hamda fuqarolar huquq va burch hamohang ekanligini chuqur anglab, barcha muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish belgilandi.

Axborot so‘nggida, 2020 yil 18 avgust kuni Nurota tuman Xalq deputatlari kengashining 6-sessiyasi  tegishli qaror qabul qildi.

 

Z.Ibragimov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Nurota tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!