Nayrobida iste’molchilar huquqlari muhokama qilindi

Nayrobida iste’molchilar huquqlari muhokama qilindi

2023 yil 6-8 dekabr kunlari Keniya poytaxti Nayrobi shahrida Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International)ning yillik Global kongressi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarini Keniya vise-prezidenti janob Rigati Gachagua qutlab, Kongress ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Kongressda jahonning yuzdan ziyod mamlkatlari vakillari, shu jumladan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov boshchiligidagi respublikamiz delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Bu yilgi Global kongress ishi oldingilaridan mavzularning nihoyatda dolzarbligi va muhimligi bilan ajralib turdi.

Xususan dunyo aholisining xizmat va tovarlarga nisbatan o‘zgarayotgan talablariga moslashish, keng aholi qatlamlarining iste’mol madaniyatini oshirish, bu borada nodavlat tashkilotlarining muhim o‘rni haqida so‘z yupitildi.

Shu bilan birga siyosiy va iqtisodiy jarayonlar sababli tobora murakkablashayotgan tovar munosabatlari, kuzatilayotgan keskin iqlim o‘zgarishining iste’molchilarga salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan fikrlar o‘rtaga tashlandi.

Kongress qatnashchilari bugungi kunda dunyoning barcha mamlakatlari xalqlari uchun dolzarb ahmiyatga ega bo‘lgan muammolarga ham alohida e’tibor qaratishdi. Shu ma’noda hayotga jadal kirib kelayotgan sun’iy aql va uning iste’molchilarga ta’siri xususida fikrlar tinglandi.

Kongress doirasida iste’molchilar huquqlarini himoyalash bo‘yicha qator mamlakatlar vakillari bilan ikki tomonlama va ko‘ptomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirok ettgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov boshchiligidagi respublikamiz delegasiyasi xorjiy hamkorlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.

Xususan Xalqaro iste’molchilar tashkilotinmng rahbariyati, shuningdek, qator xorijiy davlatlar vakillari, jumladan AQSH, Chili, Uganda, Pokiston, Marokko, Hindiston,
Taylanddan kelgan soha ekspertlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Xalqaro iste’molchilar tashkilotining Bosh direktori Xelen Loran xonim bilan uchrashdi. Loran xonim Yangi O‘zbekiston rahbariyati tomonidan bugungi kunda respublikada faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, xususan, iste’molchilik ijtimoiy harakatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan sa’y-harakatlarga yuqori baho berdi.

Shuningdek, Xelen Loran xonim Yevropa va Osiyo iste’molchilarining II xalqaro forumini O‘zbekistonning Buxoro va Samarqand shaharlarida o‘tkazish hamda Toshkent shahrida Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International)ning shtab kvartirasini ochish takliflarini ilgari surdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar iste’molchilik ijtimoiy harakatini yanada rivojlantirish borasidagi boshqa masalalarni ham atroflicha muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro iste’molchilar tashkilotiga (Consumers International) O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi 2018 yildan to‘laqonli a’zo hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!