Navoiyda 29 yoshli fuqaro fojia qurboni bo‘ldi

Navoiyda 29 yoshli fuqaro fojia qurboni bo‘ldi

2021 yilning 3 yanvar kuni soat 15:35larda Tomdi tumani hududidan o‘tuvchi 4 R 57 davlat ahamiyatiga ega avtomobil yo‘lining 361 kilometrida  1991 yilda tug‘ilgan haydovchi M.O. “Matiz” rusumli avtomashinasini “Utamurot-Tomdi” yo‘nalishida xarakatlanib kelayotgan vaqtida tezlikni me’yoridan oshirishi natijasida avtomashina o‘z harakat yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning o‘ng tomon cho‘l hududiga chiqib ketib ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada haydovchi bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi  tan jarohatlari olib, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1991 yilda tug‘ilgan S.K. esa olgan og‘ir tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Tomdi tuman IIB tomonidan fuqaro M.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov-surishturuv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!