Navbahorda nafaqadagi IIB xodimi “giyohvandlik”da ayblandi

Navbahorda nafaqadagi IIB xodimi “giyohvandlik”da ayblandi

Aytish joizki, yer yuzida giyohvandlik global muammoga aylanib ulgurdi, shu muammoni oldini olish, insonlar hayotini zararlovchi og‘udan saqlash maqsadida barcha davlatlar bu illatga qarshi keskin kurash olib bormoqdalar.

Giyohvandlikka ruju qo‘ygan har bir kishi undan istalgan paytda voz kechaman, deb uylaydi, lekin  bu balodan voz kechish juda qiyin ekanligini inson his eta olmaydi, buning uchun insondan katta kuch va iroda talab qilinadi. BMTning jinoyatchilik va giyohvand moddalar ustidan nazorat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, giyohvandlikka ruja qo‘yganlar dunyoda 300 milliondan oshib ketganligi ma’lum qilingan, bu muammo hamon jahonda jiddiy tahdid sifatida ko‘riladi.

Jahonda  qayd qilinadigan o‘limlarning 43 ta sababidan, giyohvandlik oqibatida sodir bo‘ladigan o‘lim 19 o‘rinda turadi.

Giyohvandlikka qarshi kurashda ilk bor bundan yuz yillar muqaddam hamkorlik qilina boshlangan. 1909 yilning fevral oyida 13 ta davlat vakillari Osiyoda giyohvand moddalar yetishtirilishiga qarshi kurash maqsadida Shanxayda yig‘ilishgan va o‘shanda Shanxay komissiyasi tashkil etilgan edi.

So‘ngi yillarda jahon mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham giyohvandlikka qarshi keng qamrovli kurash olib borilmoqda, buning  uchun turli huquq-targ‘ibot ishlari, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qamrovli tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudining raisi A.Ibodovning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mana shunday tezkor tadbir davomida, M.SH. tomonidan sodir etilgan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. M.SH.ga nisbatan bo‘lgan mazkur jinoyat ishi, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida 2020 yil 14 yanvarda ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Fuqaro M.SH.ning shaxsiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u oilali, 3 nafar farzandning otasi, ichki ishlar tizimidan nafaqa chiqib, farzandlarining kamolini ko‘radigan davrda edi, biroq bu davrning bir qismini panjara ortida o‘tkazadigan bo‘ldi.

Sudda aniqlanishicha, M.SH. o‘zining Navbahor tumanidagi yashash xonadoni tomorqasining yer maydoniga, tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ekin hisoblangan “kannabis” o‘simligining urug‘larini ekkan va o‘sib chiqqan og‘irligi 460 grammni tashil qiluvchi, 35 tup “kannabis” o‘simligini parvarishlab, yetishtirganligi 2019 yil 29 sentyabrda Navbahor tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2019” tezkor profilaktik tadbir davomida aniqlanib, giyohvandlik o‘simliklari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Bundan tashqari M.SH., 2019 yil 1 oktyabr kuni Navbahor tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2019” tezkor profilaktik tadbir davomida, M.SH. Navbahor tumanidagi fermer xo‘jalik dala yer maydonida mavjud butazorlar orasiga ekib, kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, quritish uchun yulib olib qo‘ygan, og‘irligi 194 grammni tashkil qiluvchi, 6 tup “kannabis” o‘simligini kelgusida o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va giyohvandlik o‘simligi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Sud, sudlanuvchi M.SH.ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 270-moddasining 1-qismi va 25,273-moddasining 5-qismi bilan aybdor deb topdi va unga JKning 57 va 59-moddalarini qo‘llagan holda, 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!