NATO neft quvuridagi avariya tufayli Turkiyadagi ko‘lni mazut parchasi qopladi.

NATO neft quvuridagi avariya tufayli Turkiyadagi ko‘lni mazut parchasi qopladi.

NATO neft quvuridagi avariyadan so‘ng Turkiya g‘arbidagi Sapanja ko‘lini qalin mazut plyonkasi qopladi.

Bu haqda “Milliyet” gazetasi xabar berdi.

“Mazut sizib chiqishi Kojayeli viloyatida yo‘l ishlari chog‘ida NATO neft quvurining novdasi teshilishi natijasida 4-5 million kishini chuchuk suv bilan ta’minlovchi Sapanja ko‘liga yonilg‘i quyilishi natijasida yuzaga kelgan”, — deb yozadi gazeta.

Rasmiylar bomlarni o‘rnatish orqali avariya oqibatlarini bartaraf etishga kirishdilar. Mahalliy suv va kanalizasiya boshqarmasi ko‘lning ifloslangan qismi suv olish joylaridan uzoqda joylashganini aytadi.

Turkiya bo‘ylab yotqizilgan uzunligi 3 ming km dan ortiq bo‘lgan NATO neft quvuri Turk Qurolli Kuchlari va NATO kuchlarining ehtiyojlarini qondiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!