NATO Kosovoga qo‘shimcha qo‘shin yuboradi

NATO Kosovoga qo‘shimcha qo‘shin yuboradi

NATO respublikada joylashgan KFORni (NATOning Kosovodagi tinchlikparvar kuchlari) qo‘llab-quvvatlash uchun Kosovoga qo‘shimcha ko‘p millatli batalyon yuboradi. Bu blokning Neapoldagi ittifoqchi birlashgan kuchlari qo‘mondonligining seshanba kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi.

Xabarda aytilishicha, Bolqon davlatiga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborish qarori so‘nggi tartibsizliklar va NATO missiyasining 30 nafar jangchisining yaralangani munosabati bilan qabul qilingan.

Agar kerak bo‘lsa, KFORni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 kun ichida G‘arbiy Bolqonlarga operativ kutish kuchlarini joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

NATOning Neapoldagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni admiral Styuart Munsh barcha tomonlarni Kosovodagi barqarorlikka putur yetkazuvchi harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

Kosovo shimolida dushanba kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar natijasida 30 nafar KFOR askari tan jarohati oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!