Namanganda shifokor fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi: unga qanday hukm o‘qildi?

Namanganda shifokor fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi: unga qanday hukm o‘qildi?

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida, tuman sudining raisi B.Obidovning raisligida Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasdan bir fuqaroning vafotiga sababchi bo‘lgan shifokor Firdavs Ashurovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. 2019 yil kuz oyida bemor A.Azizov shifoxonaga ko‘krak sohasida og‘riq bo‘layotgani xususida shikoyat bilan kelganida, unga poliklinika muolaja xonasida shifokor F.Ashurov tibbiy yordam ko‘rsatishni boshlab, kasb majburiyatlari doirasiga kiradigan amallarni bajarish lozim va shart bo‘lgan holatda bajarmasdan, bemorning sog‘lig‘i holati yuzasidan tibbiy tashxis qo‘ymasdan, bemorga “Strofantin” dori vositasini qo‘llash mumkin bo‘lmasa-da, “Reboksin”, “Strofantin” va “Repronat” dori vositalarini “Natriy xlorid” dori vositasiga qo‘shish orqali uning qo‘l tomir sohasi orqali tanasiga yuborishi natijasida bemor A.Azizov 2 daqiqadan so‘ng vafot etgan.

Dastlabki tergov organi tomonidan F.Ashurovning jinoiy harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilingan. Chunki U kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmay, ehtiyotsizlik orqasida A.Azizovni o‘limiga sababchi bo‘lgan.

Sud, sud majlisida taraflarni fikrini tinglab, dalillarni muhokama qilib, sudlanuvchiga jazo turi va miqdorini tayinlashda, u tomonidan sodir etilgan jinoyat ehtiyotsizlik orqasida sodir etilib, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar turkumiga kirishi, uning 2 nafar farzandi borligi, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, muqaddam sudlanmaganligi jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topib, jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar yo‘q deb hisoblab, jabrlanuvchining qonuniy vakili da’vosini inobatga olib, unga nisbatan ayblanayotgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni, shuningdek, sodir etilgan jinoyat bevosita uning kasbi bilan bog‘liq ekanligini e’tiborga olib, yetkazilgan zarar masalasini muhokama qilib, jabrlanuvchini qonuniy vakiliga kelgusida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qo‘zg‘atish huquqi mavjudligini tushuntirib, qonun sanksiyasi doirasida ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

 

Baxtiyor Obidov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi sudyasi 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!