Namanganda gaz balloni portlab, uyda katta yong‘in bo‘ldi

Namanganda gaz balloni portlab, uyda katta yong‘in bo‘ldi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida sigaret sabab mashina gaz balloni portlab, uyda katta yong‘in bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida ma’lumotlar tarqaldi.

Ushbu hodisa 17 avgust kuni soat 19:08 da Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Qumto‘g‘on” MFY Yangiobod-18 ko‘chasida joylashgan uylarning birida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati FVBning 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji soat 19:14 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 19:17 da o‘rab olinib, soat 19:38 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xonadon shift va tom qismining 65 kv.m maydoni va uy-ro‘zg‘or buyumlari, darvozaxonada turgan “LADA LARGUZ” rusumli avtomashinasi hamda qo‘shni xonadon tom qismining 15 kv.m maydoni yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida uy egasi kuyish tan-jarohati olgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida xonadonning 500 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shuningdek, hodisa yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!