Mourinyo yana "Real" boshqaruviga kelishi mumkin

Mourinyo yana "Real" boshqaruviga kelishi mumkin

Mish-mishlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti joriy mavsum yakunida "Real Madrid" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Madrid klubi allaqachon jamoaga yangi boshqaruvchi izlash ustida ishlamoqda. Hozirda Germaniyada juda kuchli o‘yin namoyish etayotgan "Bayer" ustozi Xabi Alonso favorit sanaladi, ammo leverkuzenlik rahbariyat yosh mutaxassisni kelasi yozda qo‘yib yubormasligi mumkin.

Vaziyatdan kelib chiqib, Madridning “Real” klubi Joze Mourinyoni murabbiylik lavozimiga qaytarishi mumkin, deb yozadi TodoFichajes. Qayd etilishicha, portugaliyalik mutaxassis “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bilan hamon yaxshi munosabatlarni saqlab turibdi.

Joze Mourinyo ayni damda “Roma”ni boshqarmoqda va uning shartnomasi yozgacha amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!