Moskvadagi aeroport farroshi bir necha ming dollarni o‘g‘irlab, O‘zbekistonga qochmoqchi bo‘ldi

Moskvadagi aeroport farroshi bir necha ming dollarni o‘g‘irlab, O‘zbekistonga qochmoqchi bo‘ldi

Sheremetovo aeroportida farrosh bo‘lib ishlagan hamyurtimiz aeroportdan topib olgan pulini o‘zlashtirib yurtimizga qochib kelmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.

Nazorat kameralaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, aeroport xodimi tozalash vaqtida 3,6 ming dollar pul solingan konvertni topib oladi. Bu mablag‘ Seul-Moskva-Sankt-Peterburg reysi bo‘yicha uchgan yo‘lovchilardan biriga tegishli bo‘lgan.

Polisiya O‘zbekistonga uchib kelishga uringan aybdorni hibsga olgan. Topib olingan pullarning bir qismi aybdorning yonidan topilgan, qolgan qismi esa kvartiradagi qarindoshlarida ekani aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!