Moskvada 20 nafarga yaqin migrant otishma va mushtlashuv uyushtirdi

Moskvada 20 nafarga yaqin migrant otishma va mushtlashuv uyushtirdi

Aprelevkadagi turar-joy binosi hovlisida 20 ga yaqin muhojir otishma uyushtirdi va mushtlashdi. Bu haqda TASS huquqni muhofaza qilish organidagi manbasiga asoslanib xabar bermoqda.

“Aprelevkadagi turar-joy binolaridan birida 20 ga yaqin kishi ommaviy mushtlashuvni uyushtirdi. O‘rta Osiyodan kelgan muhojirlar uning ishtirokchilari bo‘lishgan. Jang paytida ular tayoq, butilkalardan foydalangan, otishma bo‘lgan», - dedi manba.

Manbaga ko‘ra, mojaro 18 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Buning aniq sababi aniqlanmoqda. Hovlida turgan bir nechta avtomobillarga zarar yetgan. Mahalliy aholi polisiyani chaqirgan.

Migrantlar o‘rtasidagi bu janjal so‘nggi bir hafta ichida Moskva viloyatidagi uchinchi mojaro bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!