Mojaro: "Qo‘yliq" bozorida toshkentlik erkak pichoqlandi

Mojaro: "Qo‘yliq" bozorida toshkentlik erkak pichoqlandi

Joriy yilning 15 iyul kuni  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida yashovchi 39 yoshli A.YA.Toshkent shahrining Bektemir tumani “Qo‘yliq” dehqon bozorining markaziy kirish yo‘lagida o‘zaro janjal tufayli Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi 53 yoshli T.F.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada T.F. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.YA.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!