Mittilik (pakana) kasalligiga chalinganlarga necha yoshdan pensiya tayinlanadi?

Mittilik (pakana) kasalligiga chalinganlarga necha yoshdan pensiya tayinlanadi?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida gipofizar mittilik kasaliga chalinganlar (liliputlar) va gavda tuzilishida mutanosiblik buzilgan pakanalar: erkaklar ish staji kamida 20 yil va ayollar ish staji kamida 15 yil bo‘lgan taqdirda umumiy pensiyaga chiqish yoshini 15 yilga qisqartirgan holda imtiyozli ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Qonunning 7-moddasida, umumiy asoslarda yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga to‘lganda ish staji kamida 25 yil va ayollar 55 yoshga to‘lganda ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun: 2021 yil 1 noyabr holatiga Pensiya jamg‘armasining hududiy tuman (shahar) bo‘limlari hisobida mittilik kasaliga chalingan 44 nafar fuqaroga (shundan: 26 nafari ayollar) umumiy belgilangan pensiya yoshidan 15 yil oldin imtiyozli pensiya tayinlanib to‘lanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!