Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi. Sabab — Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklar

Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi. Sabab — Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklar

Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i Atamurad Ahmedov Humo Arena yaqinida jinoiy guruhlar tomonidan tartibsizliklar uyushtirilganidan so‘ng, egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Minglab odamlar konsertga soxta chiptalar yordamida kirishga uringan payt, jinoiy guruh a’zolari hamda xavfsizlik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lgan.

Bugun.uz’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari qozog‘istonlik reperning konsertida sodir bo‘lgan voqealar kelib chiqishiga javobgar etib Ahmedov jazolangan. U ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlik ta’minlanmaganligi hamda tashkiliy masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab ishdan olingan.

Biroq, Atamurad Ahmedovning ishdan olinishi sababi sifatida uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilishi qaror qilingan.

Shundan so‘ng, Mirzaakbar Madumarov Milliy gvardiyaning Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!