Milliy gvardiya masjidda sodir bo‘lgan jinoyatni fosh qildi

A A A
Milliy gvardiya masjidda sodir bo‘lgan jinoyatni fosh qildi

Joriy yilning 2 mart kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida  joylashgan “Xo‘ja Orif Revgariy Mohitobon” ziyoratgohi jome masjidiga namoz o‘qish maqsadida kelgan fuqaro SH.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan “SAMSUNG S-8” rusumli qo‘l telefonini ibodat vaqtida halaqit bermasligi uchun masjidning bir chekkasiga qo‘yganligi shundan so‘ng ushbu qo‘l telefoni  yo‘qolganligi bo‘yicha ziyoratgoh hududida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi xodimiga murojaat qiladi.

Xodim tomonidan zudlikda Ziyoratgoh hududida o‘rnatilgan video kuzatuv moslamasi yozuvlarini o‘rganishlar natijasida fuqaro SH.A. ga tegishli uyali aloqa vositasini ushbu masjidga namoz o‘qish maqsadida kelgan noma’lum shaxs   yashirin ravishda olib chiqib ketganligi ma’lum bo‘lgan. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu noma’lum shaxs G‘ijduvon tumanida yashovchi fuqaro SH.R.ekanligi aniqlanib, uyali aloqa vositasi o‘z egasiga qaytarildi.

Hozirda holat yuzasidan  surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!