Medvedev ikki yildan keyin Ukraina mavjud bo‘lishiga shubha bildirdi

A A A
Medvedev ikki yildan keyin Ukraina mavjud bo‘lishiga shubha bildirdi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari bir necha yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina kabi davlat yo‘q bo‘lib ketishini istisno qilmadi.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ikki yildan keyin dunyo xaritasida Ukraina bo‘lishiga shubha bildirdi. Bu haqda u o‘zining telegram kanalida post yozib qoldirdi.

Medvedev o‘z posti bilan Ukrainaning lend-liz asosida suyultirilgan tabiiy gazni ikki yildan pulini to‘lash bilan sotib olish rejalariga munosabat bildirgan.

“Faqat savol. Kim aytdiki, ikki yildan keyin Ukraina umuman dunyo xaritasida bo‘ladi?”, - deya yozgan Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “amerikaliklarga allaqachon farqi yo‘q”.

“Ular “anti-Rossiya” loyihasiga shunchalik sarmoya kiritishdiki, qolgan narsalar ular uchun hech narsa emas”, - deya xulosa qilgan siyosatchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!