Malida rus yollanma askarlari pistirmaga uchradi, vagnerchilar asirga tushdi

Malida rus yollanma askarlari pistirmaga uchradi, vagnerchilar asirga tushdi

Mali shimolidagi tuareglar bilan jangda hukumat qo‘shinlari va rossiyalik yollanma askarlar kolonnasi mag‘lubiyatga uchradi, deb xabar beradi AFP.

Mali qo‘shinlari mag‘lubiyatini mahalliy rasmiy agentlik bilan suhbatda tasdiqladi. Unga ko‘ra, “Vagner”ning kamida 17 jangchisi halok bo‘lgan yoki asirga olingan. Ma’lumotni “Vagner”ga aloqador Telegram kanallari ham tasdiqladi. Ular jang maydonidagi jasadlar va yonib ketgan harbiy texnikalar aks etgan fotosuratlar va videolarni e’lon qildi.

2020 yilda Malidagi hokimiyat harbiylar tomonidan egallab olinganidan bir yil o‘tib xunta “Vagner” yollanma jangchilarini xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashishga taklif qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!