Malayziyada qirol bilan "Miss Moskva"ning to‘ylari xaqida gapirishmoqda
Malayziya qiroli Muhammad V bir yil mobaynida rossiyalik qallig‘ini yoniga muntazam ravishda tashrif buyurib turgan va o‘tgan hafta oxirida unga uylangan. Bu haqda Istana Negara qirol saroy ma’muriyatidagi manbaga asoslanib, RIA Novosti xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, qirol qallig‘i Islomni qabul qilgan. Manba Maalayziya qiroli xotinining kelajakdagi maqomi haqida ma’lumot bermagan.
"Bu masalani qirol bilan hukumdorlar Kengashi hal qiladi, bu ularning to‘liq huquqidir. Hozircha qirolning turmush o‘rtog‘iga irsiy merosga ega bo‘lmaganda beriladigan "datin" fahriy maqom berilib, bu Malayziyadagi yuqori mansabdorlarning turmush o‘rtog‘iga avtomatik tarzda, kelib chiqishidan qat’iy nazar beriladigan faxriy unvondir"- deya xabar berdi u.
Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Muhammad V va "Miss Moskva - 2015" tanlovi g‘olibi Oksana Voyevodina o‘rtasidagi nikoh to‘y marosimi 22 noyabr kuni Podmoskovyeda bo‘lib o‘tgan. Ta’kidlanishicha, valima dasturxonidagi taomlarning barchasi halol bo‘lgan va alkogolsiz to‘y bo‘lgan. Kelin omma oldiga ruscha kiyimda va uning qallig‘i - Malayziya an’anaviy liboslarida chiqqan.
Qirol Muxammad V taxtga 2016 yilda o‘tirgan. Malayziyada davlat boshlig‘i - oliy hukmdor yoki qirolning lavozimi konstitusiyaga ko‘ra saylanadi: qirol besh yilda bir marta saylanadi yoki agar lavozim vakant bo‘lib qolsa, uning o‘rnini mamlakat tarkibiga kiruvchi shtatlarning to‘qqizta sultonlaridan saylanadi. Sultonlar Konstitusiyaga binoan alohida qonun chiqaruvchi organ - Boshqaruv Kengashi tarkibida birlashgan bo‘ladi.
Qirol Muhammad V - Kelantan shtatining voris sultoni. Uning ota-bobolari Siam (hozirgi Tayland) vassali Kelantanning yarim mustaqil sultonligi hukmdori bo‘lgan. 20-asrning boshlarida, Siyam-Britaniya kelishuvi ostida, Kelantan Buyuk Britaniyaning himoyasi ostiga o‘tdi. 1957 yilda mustaqillikka erishgandan so‘ng, Sultonlik yangidan tashkil etilgan Malayziya davlatiga shtat sifatida qo‘shildi.
Sulton Muhammad V avval bir marta uylangan bo‘lib, rus qizi bilan to‘yiga qadar o‘n yil burun ajrashgan bo‘lgan.
Manba: ufq.uz
