Makron Durovning hibsga olinishi haqida bayonot berdi

Makron Durovning hibsga olinishi haqida bayonot berdi

Emmanuel Makron birinchi marta Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Pavel Durovning mamlakatda hibsga olinishi siyosiy qaror emasligini aytdi.

Mamlakat prezidenti adliya organlarining Telegram asoschisiga nisbatan harakatlari siyosiy xarakterga ega emas, balki «davom etayotgan sud tergovi doirasida» sodir bo‘layotganini aytdi. «Huquqiy davlatda, real hayotda bo‘lgani kabi, fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini hurmat qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan erkinliklardan foydalanish sudlarga to‘liq yuklangan mustaqillik», deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘idagi postida.

«Fransiya har qachongidan ham so‘z va muloqot erkinligi, innovasiyalar va tadbirkorlikka sodiq va shunday bo‘lib qoladi», dedi Makron.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!