“M&Mʼs” qadog‘iga yashirilgan og‘u

A A A
“M&Mʼs” qadog‘iga yashirilgan og‘u

Qonunbuzarlar o‘zlarining nopok maqsadlarini amalga oshirish yo‘lida kishi xayoliga kelmaydigan turli usullardan foydalanayotir. Ana shunday holatlardan biri Toshkent shahrida yuz berdi.

Bir guruh shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini chalg‘itish orqali o‘z rejalarini amalga oshirmoqchi bo‘ldi. Ya’ni tijorat maqsadida muntazam ravishda Turkiya davlatiga qatnovchi angrenlik Z.R. bu safar o‘zi bilan 38,78 gramm MDMA hamda 0,85 gramm metamfetamin giyohvandlik vositalari “M&Mʼs”shirinliklariga yashirib qadoqlangan holda olib keladi. Bojxona tekshiruvi paytida esa uni farg‘onalik X.A.ga berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi.

 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida, ushbu giyohvandlik vositalari asli Farg‘onaning Qo‘qon shahrida yashovchi, hozirda Turkiya davlatida bo‘lgan M.A. tomonidan Qo‘qon shahrida yashovchi SH.P.ga pochta sifatida berib yuborilgan ekan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Guvohi bo‘lganingizdek, o‘z nafsi yo‘lida ushbu zahri qotilni yurtimizga olib kirish uchun bolalarning sevimli shirinliklaridan ham foydalanishdan toymagan bu kimsalar o‘zlarini qanchalar ehtiyotkor, deb bilsalar, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ulardan ham hushyor aslida.

 

Aytib o‘tish kerakki, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, tranziti va iste’moliga chek qo‘yish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan hamda Narkotik moddalarni nazorat qilish Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi” doirasida respublika huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalarini yo‘q qilish bo‘yicha navbatdagi tadbir o‘tkazildi. Unda 1 tonnadan ziyod giyohvandlik vositalari va turli xildagi psixotrop hamda psixofaol moddalar yoqib, yo‘q qilindi.

 

2019 yilda ham narkotik moddalar va ularning analoglari noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish borasida ham ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuksak mas’uliyat va e’tibor bilan ish olib borilmoqda. Natijada o‘tgan 6 oy davomida 1,5 mingdan ortiq shaxs qo‘lga olinib, ularni 313 kilogrammdan ziyod giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida olindi.

 

Bundan tashqari, joriy yil 1 maydan 30 iyunga qadar O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida “Qora dori-2019” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Unda respublika bo‘ylab barcha huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, ular qatorida 9 mingdan ortiq ichki ishlar organlari xodimlari hamda 3,5 mingdan ziyod jamoatchilik, korxona, tashkilot va hokimiyat vakillari jalb qilindi. Narkotik moddalarni kontrabandasini oldini olish maqsadida, chegaraoldi va tog‘li hududlarda, shuningdek aylanma yo‘llarda 361 ta ko‘chma harakatlanuvchi postlar va 303 ta to‘siq guruhlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

“Qora dori-2019” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichi mobaynida respublika bo‘yicha giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jami 1 ming 48 ta holat aniqlanib, jami 174 kilogramm 987 gramm narkotik moddalar olindi.Shulardan narkotik moddalarni o‘tkazish bilan bog‘liq 251 ta, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklarni yetkazish bilan bog‘liq 491 ta jinoyat fosh etildi.

 

Shuningdek, tadbir davomida umumiy 2 363 kv.m yer maydonida tarkibida narkotik vositalari mavjud o‘simliklar ekib yetishtirilganligi aniqlanib, yo‘q qilindi.

 

“Qora dori - 2019” keng qamrovli tadbirining birinchi bosqichida vazirlikning Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan 25 kun mobaynida AS-532 rusumli vertolyotda amalga oshirilgan nazoratli uchishlar natijasida 84 ta holat aniqlanib, 348 kv.m. yer maydonida tarkibida narkotik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlanib, noqonuniy muomaladan jami 9 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar olindi.

 

Qayd etilgan raqamlar zamirida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining tinimsiz og‘ir mehnati va xizmati yotibdi. Ammo mazkur natijalar bilan xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi, chunki bu boradagi bitta jinoyat ham davlat va jamiyatning rivojiga to‘g‘onoq bo‘lishi mumkin.

 

Aynan ushbu omillar inobatga olingan holda respublikamiz hududidagi katta miqdorda giyohvandlik vositalarini kontrabandasi bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruhlarni, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirayotgan shaxslarni aniqlash va ularning jinoiy faoliyatlariga chek qo‘yishga qaratilgan tezkor ishlar davom ettirilmoqda.

 

Mirzo Ulug‘bek MADALIMOV,

IIV Jamoatchilik va OAV bilan

aloqalar boshqarmasi xodimi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiya olishni boshladi

Тожикистон ташқи бозорларга фақат мамлакатнинг жануби-ғарбий қисмида Ўзбекистон энергия тизими (500 кВт «Регар-Ғузор» электр узатиш линияси) орқали чиқади.

«Istanbul Bashakshehir» bosh murabbiyi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Истанбул Башакшеҳир» жамоаси бош мураббийи Нури Шахин Ўзбекистон миллий терма жамоаси сардори Элдор Шомуродов ҳақида фикр билдирди, дея хабар қилади Sports.kz Milliy Futbolimiz манбасига таяниб.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.