Lukashenko: "Xudoning millati — belarus"

Lukashenko: "Xudoning millati — belarus"

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyovga bergan intervyusida Xudoning millati belarus deb bilishini aytdi.

Suhbat davomida Solovyov Lukashenkodan: «Demak, bugungi kunda Xudo belarusmi?» deb so‘radi. Siyosatchi ijobiy javob berdi va bugungi kunda Yaratgan respublika rahbariyatini faol qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi. «Nafaqat bugun, avval ham qo‘llagan. U meni 90 yillarning o‘rtalarida bu "qozon"ga tashladi va ko‘p yordam berdi», deb ishontirdi siyosatchi.

Avvalroq belaruslik targ‘ibotchi Grigoriy Azarenok Lukashenkoni «Xudoning tuhfasi» deb atagan va fuqarolarni «uning ishonchini oqlash» uchun qo‘llaridan kelganini qilishga chaqirgan edi. «Bunday mo‘’jiza, xuddi 1994 yildagidek, odamlarga bir marta beriladi, shuning uchun bu mo‘’jiza uchun Xudoga rahmat aytaylik», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!