«Liverpul» estoniyalik himoyachisini «Kalyari»ga sotib yubordi

«Liverpul» estoniyalik himoyachisini «Kalyari»ga sotib yubordi

«Liverpul»ning estoniyalik futbolchisi Ragnar Klavan faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Klavan «Kalyari» bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi 2020 yil yoziga qadar Italiya klub safida to‘p suradi. 32 yoshli himoyachi uchun «Kalyari» «Liverpul» g‘aznasiga 2 million yevro to‘lagan.

Ragnar 2016 yilda «mersisaydliklar» safiga kelib qo‘shilgandi. APLning o‘tgan mavsumida u 19 uchrashuvida qatnashib, 1 ta gol urishga erishgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!