«Liverpul» Alonsoga 3 yillik shartnoma taklif qildi

«Liverpul» Alonsoga 3 yillik shartnoma taklif qildi

«Liverpul» rahbariyati «Bayer» bosh murabbiyi Xabi Alonsoga taklif bilan chiqdi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, ingliz klubi ispaniyalik mutaxassisga 3 yillik shartnoma taklif qildi. Alonso — mavsum yakunida mersisaydliklarni tark etadigan Yurgen Klopp o‘rniga asosiy nomzod.

Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso 2022 yildan beri «Bayer»ni boshqaradi. Ispaniyalik mutaxassis boshchiligidagi Leverkuzen klubi ushbu mavsumda Bundesligada 23-turdan keyin 61 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchi «Bavariya»ni 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!