Liseyni a’lo bahoga bitirganlar "Yuridika"ga test sinovlarisiz qabul qilinadi

Liseyni a’lo bahoga bitirganlar "Yuridika"ga test sinovlarisiz qabul qilinadi

Bugun Prezidentining yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirishga doir Farmoni qabul qilindi. Hujjat quyidagi yangiliklarni o‘z ichiga oladi.

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tashkil etiladi. 

TDYUUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi. 

TDYUUda bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar 
uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda magistratura yo‘nalishida masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari joriy etiladi. 

Bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yo‘nalish bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan rahbar xodimlarni magistraturaga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki o‘qitish dasturlari bo‘yicha o‘qish uchun qabuli tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga ko‘ra, kirish test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 

⚡️  “Yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilarni TDYUU magistraturasiga test sinovlarisiz, to‘lov-kontrakt asosida, o‘qish qiymatining 50 foizini to‘lab, o‘qishni tugatgandan so‘ng TDYUU, yuridik fakultetlar, yuridik texnikumlar va TDYUU qoshidagi liseyda kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilish tartibi joriy etiladi. 

⚡️  2021/2022 o‘quv yilidan boshlab TDYUU qoshidagi akademik liseyning barcha fanlar bo‘yicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYUUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali, to‘lov-kontrakt asosida kirish huquqiga ega bo‘ladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!