Lavrov Malayziya tashqi ishlar vazirini Rossiyaga taklif qildi

Lavrov Malayziya tashqi ishlar vazirini Rossiyaga taklif qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hasanni Rossiyaga tashrif buyurishga taklif qilganini aytdi.

«Men hamkasbimni Rossiya Federasiyasiga javob tashrifiga taklif qildim. Umid qilamanki, yaqin kelajakda biz aloqalarimizni davom ettiramiz», — dedi Lavrov.

Bundan tashqari, rossiyalik diplomat ikki davlat tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, shuningdek, boshqa idoralar rahbarlari o‘rtasida maslahatlashuvlar rejasi kelishilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!