Kutilganidek Mbappening taqdimoti rekordni urdi

Kutilganidek Mbappening taqdimoti rekordni urdi

Seshanba kuni Kilian Mbappe «Real Madrid»ning yangi futbolchisi sifatida tanishtirildi. «Santyago Bernabeu» stadioni ushbu marosim uchun to‘ldi - tadbirda 80 mingga yaqin odam qatnashdi.

Ayni paytda "Madrid Xtra" taqdimotlari eng ko‘p muxlislarni jalb qilgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Birinchi o‘rinni 80 ming kishi bilan Kilian Mbappe va Krishtianu Ronaldu bo‘lishib turibdi.

Kuchli uchlikni Diyego Maradona yakunladi – uning «Napoli»dagi taqdimotiga taxminan 65 ming kishi tashrif buyurdi.

Kuchli beshlikni 60 ming tomoshabin bilan Karim Benzema va Neymar yakunlab turibdi. Gap fransuz va braziliyalikning Saudiya Arabistonidagi taqdimotlari haqida ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!