“Krokus”dagi teraktda ayblanayotganlar tergov izolyatoriga yetkazildi

“Krokus”dagi teraktda ayblanayotganlar tergov izolyatoriga yetkazildi

“Krokus”dagi teraktda gumon qilinayotganlarning mashinasi yarim tunga yaqin paytda to‘xtatilgan. Buni tezlikni nazorat qiluvchi kameralarning ma’lumotlari tasdiqlagan.

Tezlikni oshirganlik uchun jarimalarni to‘lash bo‘yicha xizmatlarda gumondorlar “Krokus”ni tark etgan “Reno” avtomobili haydovchisiga qarshi yangi qaror paydo bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 23:07 da mashina Kaluga oblastining janubida, Yasenok qishlog‘i yaqinida bo‘lgan va janubi-g‘arbiy tomonga soatiga 138 kilometr tezlikda harakatlangan. FXX videosiga ko‘ra, ayblanuvchilar to‘xtatilgan nuqtagacha bir soatdan kam vaqt atigi yuz kilometr yo‘l qolgan edi.

Bu ular hibsga olingani haqidagi birinchi norasmiy xabarlar paydo bo‘lishidan ancha oldin to‘xtatilganligini anglatadi. Kreml bu ma’lumotni faqat kunduzi soat 11:00 atrofida tasdiqladi.

Bir kun oldin, “Krokus”ga qilingan hujumdan bir soat o‘tgach, ayblanuvchilar Kaluga oblastida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Buni yo‘l kameralarining ma’lumotlari ham tasdiqlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!