Kazemiro «MYu»ning ashaddiy raqibi safiga o‘tib ketishi mumkin

Kazemiro «MYu»ning ashaddiy raqibi safiga o‘tib ketishi mumkin

Yarim himoyachi Kazemiro yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ni tark etishi mumkin. "Todofichajes" portali o‘z sahifalarida xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi hozirda o‘z kelajagiga baho bermoqda.

Qayd etilishicha, Kazemiroga APLning boshqa bir klubi «Arsenal»dan taklif tushgan. «Kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Bundan tashqari, Kazemiroda Saudiya Arabistoniga o‘tish imkoniyati bor.

Kazemironing «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt" portali futbolchini 20 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!