“Kasal va surbet mavjudot”. Zelenskiy Putinning Ukrainaga nisbatan ayblovlariga javob qaytardi

“Kasal va surbet mavjudot”. Zelenskiy Putinning Ukrainaga nisbatan ayblovlariga javob qaytardi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya rahbari Vladimir Putinning Ukraina Podmoskovyedagi teraktga aloqadorligi haqidagi ayblovlarini rad etdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Putinga qolsa, o‘zidan boshqa hamma terrorchi.

“Bugun Putin yana o‘z-o‘zi bilan gaplashdi va bu yana televideniye orqali uzatildi. Yana Ukrainani ayblayapti. Kasal va surbet mavjudot. Unga qolsa, o‘zidan boshqa hamma terrorchi, ammo aynan o‘zi 20 yildan buyon terror bilan oziqlanib kelmoqda. Aynan u — terror uchun eng katta tuynuk. U va uning maxsus xizmatlari. U yo‘qolsa, terror va zo‘ravonlik uchun so‘rov ham u bilan birga yo‘qoladi, chunki bu uning so‘rovi. Boshqa hech kimniki emas”, — dedi Zelenskiy.

Avvalroq Putin Moskvaning “Krokus Siti Xoll” konsert zalidagi terakt buyurtmachilarining izlari Ukrainaga olib borayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi va uning g‘arblik homiylari — bundan manfaatdor bo‘lgan yagona tomon, ekstremistlar esa musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida bunday ishga qo‘l urmagan bo‘lardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!