Kanye Uestning xinkaliga o‘xshashligi uchun mazax qilib kelingan krossovkalari bir daqiqa ichida sotilib ketdi

Kanye Uestning xinkaliga o‘xshashligi uchun mazax qilib kelingan krossovkalari bir daqiqa ichida sotilib ketdi

Reper Kanye Uestning shaxsiy brendi tomonidan yaratilgan yangi oyoq kiyimlar bir daqiqadan kamroq vaqt ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi Page Six.

Gap ijtimoiy tarmoqlarda keng kulgilarga sabab bo‘lgan 450 Cloud White oq krossovkalari haqida ketmoqda. Mazkur oyoq kiyim oq-kul rang yengil to‘rli materialdan tayyorlangan va bog‘ichlarga ega. Ta’kidlanishicha, krossovka Adidas va YeezySuppley.com saytida sotuvga chiqishi bilan marka ixlosmandlari buyurtmalarni amalga oshira boshlagan.

Oyoq kiyimning dastlabki narxi 200 dollarni tashkil etadi, biroq ikkilamchi bozorda uning narxi 900 dollardan oshib ketgan.

Twitter foydalanuvchilari krossovkalarning «yashin tezligida» sotilishini muhokama qilishga kirishgan. «Yeezy 450’ning chiqishi bema’nigarchilik bo‘ldi. 15 daqiqa ‘kutish zalidasan’, krossovkalar butunlay xarid qilib bo‘linmagunicha sahifa o‘z-o‘zidan yangilanadi», «Reliz soat 07:00 da bo‘ldi, barcha nusxalar 07:01 da sotib bo‘lindi. Odamlar ushbu oyoq kiyimni yil davomida yomon ko‘rdi, biroq Yeezy 450 chiqqan kundagi kabi ko‘p energiyani hech qachon ko‘rsatmagan», — deb yozadi ular.

Avvalroq Yeezy o‘rgimchakka o‘xshash shippak ishlab chiqargani, yangi model multfilm qahramonlari poyabzalini esga solishi to‘g‘risida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!