"KAFIL SUG'URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

"KAFIL SUG'URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi

Joriy yilning 4 iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri va "KAFIL SUG'URTA" AJ sug‘urta kompaniyasi Boshqaruv raisi tomonidan ta’lim fan va ishlab chiqarishning innovasion hamkorligini amalga oshirish asosida innovasion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida

- fan, ta’lim ishlab chiqarishning o‘zaro integrasiyasini ta’minlash;

- yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

- talabalarni bandligiga ko‘maklashish va moliyaviy savodxonligini oshirish;

- sug‘urta bozoriga malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik olib borish asosiy maqsad etib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!