Jud Bellingem operasiya qilinadi

Jud Bellingem operasiya qilinadi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem operasiya qilinadi.

Angliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda yelkasidan jarohat olgan, ammo klub va Angliya terma jamoasining muhim o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslik uchun operasiyadan bosh tortgan. The Athletic nashrining yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "Real Madrid" ertami-kechmi yarim himoyachi hali ham jarrohlik aralashuviga muhtoj bo‘lishini tushunadi. Reabilitasiya davri ikki oydan uch oygacha davom etadi.

Jud Bellingem Madriddagi debyut mavsumida 42 ta o‘yinda 23 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!