JSST «cho‘zilgan koronavirus» kasalligining sababini tushuntirdi

JSST «cho‘zilgan koronavirus» kasalligining sababini tushuntirdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti postkovid sindromiga rasmiy klinik ta’rif berilganini ma’lum qildi. Koronavirus bilan kasallanganlarning taxminan 10−20 foizi ushbu sindromga chalingan.

JSST vakilining tushuntirishicha, «cho‘zilgan COVID» deb ataladigan kasallik koronavirus yuqtirgandan keyin taxminan uch oy o‘tgach sezilishi mumkin, uning alomatlari kamida ikki oy davomida saqlanadi.

Postkovid sindromining asosiy alomatlari — kuchli charchoq, nafas qisilishi, shuningdek kognitiv disfunksiya belgilarining namoyon bo‘lishi va insonning kundalik hayotiga ta’sir qiluvchi boshqa qator alomatlar.

Ushu alomatlar koronavirus bilan og‘rigandan uch oy o‘tib namoyon bo‘lishi mumkin. Ba’zi bemorlarda alomatlarning o‘tkir fazalari orasida bir necha marta vaqtinchalik holat yaxshilanishi kuzatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!