Jizzaxda "Neksiya" beton to‘siqqa borib urilishi natijasida yonib ketdi. Qurbonlar bor (foto)

Jizzaxda "Neksiya" beton to‘siqqa borib urilishi natijasida yonib ketdi. Qurbonlar bor (foto)

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmati.

15 avgust kuni Samarqand shahrida yashagan SH.R. o‘zining boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz” yo‘lining 996-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay beton to‘siqqa borib urilgan. Natijada avtomashina ag‘darilib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Natijada haydovchi SH.R. hamda avtomashinada bo‘lgan uning rafiqasi E.S. kuyish jarohatidan voqea joyida halok bo‘lgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!