Jizzax bozorida talonchi qo‘lga tushdi

Jizzax bozorida talonchi qo‘lga tushdi

2019 yil 14 fevral kuni Jizzax shahri Oqqo‘rg‘onlik mahallasida yashovchi M.M. ismli ayol IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 18:30larda noma’lum shaxs Xalqobod MFY hududida joylashgan buyum bozorida uning qo‘lidan, ichida 4 600 000 so‘m puli bo‘lgan sumkasini tortib olib, qochib ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jizzax shahar Olmazor mahallasi Chamanzor ko‘chasida yashovchi J.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!