Iste’molga yaroqsiz saqichlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iste’molga yaroqsiz saqichlarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan “A.G.” MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.S. iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan “Orbit” nomli mahsulot yorlig‘i ostida tayyorlangan 18 ming dona saqichni fuqaro J.A.ga 54 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!