Istanbulning diqqatga sazovor mashhur muzeylari

A A A
Istanbulning diqqatga sazovor mashhur muzeylari

Ikki qit’ani birlashtirgan Istanbul nafaqat o‘zining gavjum sohillari, mazali taomlari, muhtasham ko‘priklari, mehmonsevar insonlari, minglab masjidlari, bepoyon manzarali dengizlari-yu osmono‘par binolari bilan nom qozongan, balki ushbu xashamatli shahar o‘zining boy tarixga ega muzeylari bilan ham mashhur turistik shahar hisoblanadi. Quyida siz bilgan va bilmagan, shu bilan birgalikda tengsiz muzeylarni keltirib o‘tamiz. Ajab emas, muzey ishtiyoqmandlari bu ziyorat go‘shalarini o‘zlarining “Borib ko‘rishi shart ziyoratgohlar ro‘yxati”ga qo‘shishar?!

1- Adam Miskevich Muzeyi. Polshalik ozodlikni hirgoya qilgan shoir Adam Miskevich umrining so‘nggi yillarini o‘tkazgan va 1855-yilda vafot etgan Tarlaboshidagi uyi 1955 yilda shoir vafotining 100 yilligi munosabati bilan Polsha Madaniyat va San’at vazirligi bilan hamkorlikda muzeyga aylantirildi. Muzeyda Miskevich hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar va hujjatlar, shoirning Istanbulda o‘tkazgan yillardagi fotosuratlari, Polsha ozodlik kurashiga oid hujjatlar va fotosuratlar o‘rin olgan. Binoning past qavatida esa qabri Krakovda ko‘milgan Miskevichning ramziy qabri joylashgan.

2- Maryam ona (Ayasofya) muzeyi. Asrlar davomida o‘ziga xos arxitekturasi, boy tarixi, diniy ahamiyati va g‘ayrioddiy xususiyatlari bilan “vaqtni yenggan” Ayasofya; Istanbuldagi eng katta Sharqiy Rim cherkovi. Dunyodagi eng qadimgi va eng tez qurib bitkazilgan ibodatxona bo‘lib, bir joyda uch marta qurilgan. U havoda xuddi osilib turgandek tuyuladigan ko‘zni qamashtiruvchi gumbazi, monolit marmar ustunlari va noyob mozaikalari bilan me’morlik tarixining durdonalaridan biridir. Bugungi Ayasofya arxitekturasi xuddi shu joyda avvalgilaridan farqli ravishda o‘zgacha yondashuv bilan qurilgan uchinchi binodir. U imperator Yustinian tomonidan Tralles (Aydin) lik Antemios va Miletos (Balat) lik dan Isidoros uchun qurilgan. Uning qurilishi 532 yilda boshlanib, 5 yilda tugallanib, 537 yilda katta tantana bilan ibodat qilish uchun ochilgan. Fatih Sultan Mehmet tomonidan Istanbul fath qilinganidan keyin masjid sifatida qayta tashkil etilgan. Usmoniy me’moriy elementlari qo‘shilishi bilan o‘z mavjudligini saqlab qildi hamda 1935 yilda muzeyga aylandi. “Imperator darvozasi”, “Chiroyli darvoza” va “Marmar darvoza” nomlari bilan mashhur bo‘lgan Ayasofyada jami 104 ta ustun mavjud bo‘lib, ularning bir qismi qadimiy shaharlardan olib kelingan. Imperatorlar toj kiygan "Omfalion" bo‘limi ham xuddi shu ustunlar kabi marmardan yasalganligi bilan ajralib turadi.

3- Buyuk Saroy Mozaika muzeyi. Sharqiy Rim Buyuk Saroyiga tegishli monastir hovlisining shimoli-sharqiy qismida 1935 yilda boshlangan qazishmalarda topilgan mozaikalar ham san’at, ham ko‘rinish jihatidan boyligi bilan ajralib turadi. Buyuk Saroy Mozaikalari muzeyida namoyish etilgan asarlar milodiy 450-550 yillarga tegishli bo‘lsa-da, mozaika mavzulari diniy mazmunga ega emas. O‘z davrining yetuk ustalari rahbarligida ko‘plab usta rassomlar kundalik hayotdan, tabiatdan, mifologiyadan olgan tasvirlarni mozaikalarda aks ettirgan. Muzey Arasta bozorining ichida, Sultanahmet masjidi kompleksida joylashgan.

4- Fethiye muzeyi. Pammakaristos cherkovi 1261 yilda Lotin hukmronligi tugaganidan keyin eski cherkov xarobalari ustiga qayta qurilgan va cherkovning shimoliy qismidagi bo‘lim Ona Maryamga bag‘ishlangan. 1292-1294 yillar oralig‘ida Sharqiy Rim imperatori Maykl Palailogos VIII ning jiyani Maykl Glabas Dukas Tarkainotes tomonidan 1315 yilda rafiqasi Mariyaning ko‘rsatmalari bilan qayta tiklangan binoga qo‘shimcha ravishda, Iso (A.S.) ga bag‘ishlangan «parekklesion», ya’ni kichik qo‘shimcha cherkov qurilgan. Dafn marosimi bo‘lgan bu qo‘shimcha cherkov Mariya va Mayklning qabrlarini o‘z ichiga oladi. Bino istilodan keyin ayollar monastiri sifatida ishlatilgan, 1455 yilda Havarium cherkovidan olib tashlangan Patriarxat bu yerga ko‘chirilgan va 1586 yilgacha Patriarxat sifatida ishlatilgan. Usmoniy Turklar davrida Sulton Murod III (1574–1595) cherkovni masjidga aylantirib, uni Fethiye deb atagan. Bino 1845-1846 yillarda butkul ta’mirlandi.

5- Galata Mavlevihane muzeyi. 1975 yilda muzey sifatida ochilgan Galata Mavlevihane muzeyi o‘z davri madaniyati va san’atini aks ettirgan muassasalardan biridir. U 1491 yilda Sulton Boyazid II davrida hokim bo‘lgan Iskandar poshoga oid “ovchilik fermasi”da qurilgan. Uning birinchi shayxi Mehmed Semo-i Chalabiy edi. Mavlevihane Sulton. Mustafo davrida (1766) yong‘inga uchragan bo‘lsa-da, bugungi kungacha saqlanib qolgan Mavlevihane o‘sha sulton davrida qurilgan. Bino keyingi yillarda Sulton Selim III, Mahmud II va Abdulmejid davrida ta’mirlangan. Majmua sifatida qurilgan Mavlevihane - samoxona, darvesh hujralari, shayxlik va sulton xonasi, ayollar bo‘limi, kutubxona, xalq favvorasi, oshxona, qabrlar va xazinaxonadan iborat.

6- “Qabrlar muzeyi”. Istanbulning turli tumanlarida joylashgan 117 maqbara “Istanbul Qabrlar Muzeyi Boshqarmasi”ga biriktirilgan. Ular orasida sahobalar, ulamolar, Istanbulda dafn etilgan barcha Usmoniy Turklar Imperiyasi sultonlari, podshohlari, qo‘mondonlari, sadrazamlari, harbiy posholarning qabrlari bor. Boshqarmaga qarashli qabrlarning ko‘pchiligi Usmoniy Turklar Imperiyasining bosh arxitektorlari yoki o‘z davrining eng yetuk me’morlari tomonidan qurilgan. Istanbul Qabrlar muzeyi inventarida qiymati yuqori bo‘lgan minglab tarixiy o‘ziga xos asarlar, jumladan, Ka’ba qoplamasi, Qur’oni Karimlar, Usmoniy sultonlarining qo‘lda ishlangan xattotlik lavhalari, jamiyatning ma’naviyat peshvolariga oid buyumlar, ro‘yxatga olingan muqaddas yodgorliklar saqlanadi.

7- Islom ilm-fan va texnologiya muzeyi. Ushbu muzey Istanbulning Gulhane bog‘ida, aniqrog‘i saroy devori yonidagi “Has Ahirlar” binosida joylashgan. Usmoniylar davrida sulton va uning yaqin xizmatkorlarining otlari saqlanadigan otxonalar “Has Ahir“ (Istabli amire) deb atalgan. Islom fanlari tarixchisi professor - Fuat Sezgin tomonidan tayyorlangan va 2008 yilda ochilgan muzey 3500 kvadrat metr ko‘rgazma maydoni va jami 570 asbob kolleksiyasi, qurilma nusxalari, maket va modellari jamlanmasi bilan Turkiyada o‘z sohasida birinchi va Frankfurtdan keyin dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Ikki qavatli muzeyning yuqori qavatida o‘ziga xos “kino zali” joylashgan bo‘lib, u yerda muzey haqidagi vizual materiallarni tomosha qilishingiz mumkin, shuningdek, astronomiya, soat texnologiyasi, dengizchilik, urush texnologiyasi va tibbiyot bo‘limlari ham mavjud. Pastki qavatda bo‘lsa, konchilik, fizika, matematika-geometriya, shaharsozlik va arxitektura, optika, kimyo va geografiyaga oid xarita va chizmalar namoyish etilgan bo‘limlar mavjud. Muzey bog‘ida IX asrda xalifa Al-Ma’mun tomonidan tuzilgan jahon xaritasining nusxasi bo‘lgan globus hamda Ibn Sinoning “Al-qonun fit tibb” kitobining ikkinchi jildida tilga olingan 26 ta dorivor o‘simliklarning bari mavjud bo‘lgan, 2013 yilda ochilgan Ibn Sino botanika bog‘i joylashgan.

Umid qilamizki, sarguzasht ishtiyoqmandlari Istanbulga tashriflaridan oldin yuqorida zikr etilgan muzeylarni o‘zlarining “Ko‘rish shart bo‘lgan ziyoratgohlar” ro‘yxatiga qo‘shgan holda, albatta, ushbu muzeylarni ziyorat qiladilar!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.