Isroilning G‘azoga hujumlari boshlanganidan beri BMTning 171 xodimi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumlari boshlanganidan beri BMTning 171 xodimi halok bo‘ldi

2023 yil 7-oktabr kuni Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari boshlanganidan beri Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining 171 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda UNRWA bayonotida aytilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoridagi kasalxonalarning uchdan ikki qismi xizmat ko‘rsatmaydi va eksklavda yaqinlashib kelayotgan ocharchilikka qaramay, gumanitar yordam yetkazilishida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmagan.

Hisobotda qayd etilishicha, 1-27 mart kunlari orasida Kerem Abu Salim va Rafah chegara darvozalari orqali o‘rtacha 159 ta gumanitar yuk mashinasi G‘azoga kirdi, bu ham nazorat punkti sig‘imiga, ham kuniga 500 ta yuk mashinasiga yetmaydi.

O‘z navbatida, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Natalya Kanem G‘azoda ocharchilik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan bir paytda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi oshganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!