Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida yana 5 OAV xodimi halok bo‘ldi

Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida yana 5 OAV xodimi halok bo‘ldi

Qamaldagi G‘azo sektoriga genosidda ayblanayotgan Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumlarda yana besh falastinlik ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan bir ayol halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo sektoridagi hukumat matbuot xizmati xabar berdi.

Oxirgi 12 soat ichida Isroil hujumlari natijasida Deep Shot Medya prodyuserlik kompaniyasi direktori Sadi Mudevvih, kompaniya xodimi, jurnalist Edib Sukkar, Falastin media kompaniyasi xodimlari Rezak Abu Shekian, Emjad Jehjuh va uning rafiqasi, Vefa Abu Daban islom universiteti radiostansiyasi xodimi halok bo‘ldi.

2023 yil 7-oktabrdan beri G‘azo sektorida Isroil tomonidan o‘ldirilgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni 158 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash manbalariga ko‘ra, Isroil havo kuchlari jurnalist Emjad Jehjuhning markaziy eksklavdagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyiga zarba berib, bir oilaning to‘qqiz a’zosi, jumladan, OAV xodimining rafiqasi halok bo‘lgan.

Avvalroq G‘azodagi hukumat matbuot xizmati Isroil «Falastin ovozini o‘chirish, haqiqatni yashirish, mintaqaviy va xalqaro media makonida axborot tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik» maqsadida G‘azoda jurnalistlarni ataylab o‘ldirayotgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!