Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi kamida 30 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi kamida 30 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Isroil harbiylari G‘azodagi maktabga 27 iyul kuni uyushtirgan hujum oqibatida kamida 30 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi va fuqarolik mudofaasi tashkilotlari hujumni tasdiqlagan. Harbiylar hech qanday ogohlantirishsiz hujumga o‘tgani uchun tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani ma’lum qilingan.

Isroil hujumi G‘azo shahridan janubdagi Dayr-al-Balah hududida ro‘y bergan. Dastlab harbiy samolyotlar, so‘ngra quruqlik bo‘linmalari maktab hududiga bombalar uloqtirgan.

Hujum oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘lgani tasdiqlangan. Yana 100 dan ortiq falastinlik asosan o‘rta va og‘ir darajadagi jarohat bilan kasalxonalarga olib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!