Isroil Mudofaa vaziri Galant rasmiy tashrif bilan Vashingtonga uchib ketdi

Isroil Mudofaa vaziri Galant rasmiy tashrif bilan Vashingtonga uchib ketdi

Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant AQShning yuqori martabali rasmiylari bilan G‘azo sektori va Livan frontidagi keyingi qadamlarni muhokama qilish uchun Vashingtonga uchib ketdi.

Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Galant AQSh Mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostinning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Vashingtonga bordi.

U Ostin, Davlat kotibi Entoni Blinken va boshqa yuqori martabali AQSh rasmiylari bilan uchrashishi kutilmoqda.

Materialda qayd etilganidek, tashrif davomida, jumladan, Falastinning XAMAS harakatiga qarshi urush maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan harakatlar va G‘azo sektoridan isroillik garovga olinganlarni qaytarish harakatlari muhokama qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!